AsosiyDunyo

​Gondurasda futbol matchidagi tiqilinch oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

'​Gondurasda futbol matchidagi tiqilinch oqibatida odamlar qurbon bo`ldi'ning rasmi

Gondurasda futbol matchiga kirish uchun kelgan odamlar ishtirokida sodir bo`lgan tiqilinch oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, 15 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Voqea 28 may kuni Gonduras poytaxi Tegusigalpe shahrida Milliy liganing yakunlovchi matchida, “Motagua” va “Gonduras Progreso” jamoalari bellashadigan kunda ro`y berdi.

“4 nafar odam halok bo`ldi, o`nlab, shu jumladan bolalar turli darajadagi tan jarohatlarini oldi”, deb ma`lumot berdi mahalliy kasalxona vakili Migel Osorio.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, matchga kirish uchun keragidan ortiq chipta sotilgan. Ba`zi bir chiptasiz odamlar esa ichkariga kirish uchun zo`rlik bilan harakat qilgan, oqibatida ur-yiqit yuzaga kelgan. Polisiyachilar odamlarni haydash uchun ko`zdan yosh oqizadigan gazdan va suvdan foydalangan. Bu narsa odamlarni vahimaga solib, yiqilganlarni bosib o`tishlariga sabab bo`lgan.

Boshqa yangiliklar