AsosiySport

Rasman: “Barselona”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

'Rasman: “Barselona”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi'ning rasmi

Bugungi kunga qadar “Atletik Bilbao” klubini boshqarib borgan mutaxassis Ernesto Valverde rasman “Barselona” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Kataloniyaliklar prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ishtirokida o`tgan maxsus matbuot anjumanida bu haqda rasman ma`lum qilindi. Luis Enrike esa o`z lavozimini tark etdi.

53 yoshli murabbiy futbolchilik faoliyati davomida (1988-1990 yillar) “Barselona” sharafini himoya qilgan. Valverde murabbiy sifatida “Espanol”, “Olimpiakos”, “Vilyarreal” hamda “Valensiya”da ham ishlagan.

Boshqa yangiliklar