AsosiyJamiyat

​Hokimlik rahbarlariga xizmat uylari beriladi

'​Hokimlik rahbarlariga xizmat uylari beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan joylardagi ijro organlari rahbarlari uchun xizmat turar-joylari qurish, taqsimlash, foydalanish va ta`mirlash tartibi to`g`risidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Daryo nashri Norma’ga asoslangan holda.

Mazkur hujjatga ko`ra, 1 qavatli, 5 xonali, 0,06 gektar maydonga ega xizmat uylari Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, 2 qavatli, 4 xonali, 0,04 gektar maydonga ega uylar esa tuman hokimliklari rahbarlari uchun quriladi.

Xizmat uylari mahalliy byudjet hisobidan minimal darajada zarur mebel, maishiy texnika va boshqa xo`jalik buyumlari bilan jihozlanadi. Ularga joylashish va beg`araz foydalanish shartnomasini tuzish uchun xizmat uyi uchun berilgan order asos bo`lib xizmat qiladi.

Xizmat uylarini bo`lish, almashtirish va xususiylashtirish mumkin emas. Ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, shuningdek, ijaraga berish man etiladi.

Ushbu uylarning kommunal to`lovlari ularda yashovchi davlat xizmatchilari, ularning oila a`zolari tomonidan shaxsiy mablag`i hisobidan to`lanadi yoki maoshidan ushlab qolinadi.

Mansabdor lavozimini tark etganda xizmat uyini bo`shatishi shart.

Boshqa yangiliklar