Shu yilning 1–5 iyun kunlari Toshkent shahrida 2002 yilda tavallud topgan va undan kichik bo`lgan futbolchilar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tadi.
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Belarus, Yaponiya va Polsha o`smirlariga qarshi bahs olib boradi. Turnir boshlanishidan avval 31 may, chorshanba kuni O`FF binosida matbuot anjumani bo`lib o`tadi. Mazkur anjumanga barcha OAV vakillari tashrif buyurishi mumkin.
Uchrashuvlarning asosiy qismi “JAR” stadionida bo`lib o`tadi. Faqatgina 1 va 3 iyun kunlari 18:00 da boshlanadigan uchrashuvlar “Paxtakor” stadionida o`tkaziladi. Musobaqa taqvimi bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Ushbu musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash o`yinlari shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo`lib o`tadi.






