2014 yil “Bunyodkor” klubidan “temiryo`lchilar” tarkibiga kelib qo`shilgan Ignatiy Nesterov 2017 yil may oyiga kelib 100 marta jamoa darvozasini ishonchli qo`riqlashga muvaffaq bo`ldi.
Ignatiy 100 uchrashuvning 44 tasida o`z darvozasidan birorta ham to`p o`tkazib yubormagan va umumiy 9093 daqiqa harakat qilgan. Quyida Ignatiy Nesterovning “Lokomotiv” jamoasida o`tkazgan o`yinlari statistikasi keltirib o`tilgan:
2014 yil
O`zbekiston Chempionati: 23
O`zbekiston Kubogi: 3
2015 yil
O`zbekiston Chempionati: 17
O`zbekiston Kubogi: 4
Osiyo Chempionlar Ligasi: 1
2016 yil
O`zbekiston Chempionati: 27
O`zbekiston Kubogi: 1
Osiyo Chempionlar Ligasi: 10
2017 yil
O`zbekiston Chempionati: 8
O`zbekiston Kubogi: 1
Osiyo Chempionlar Ligasi: 5






