AsosiyDunyo

​Xitoyda dunyoda eng katta charxpalak-attraksion qurildi (Video)

'​Xitoyda dunyoda  eng katta charxpalak-attraksion qurildi (Video)'ning rasmi

Mazkur charxpalak Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Baylang daryosidagi ko`prik ustiga qurildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Bailang River Bridge Ferris Wheel nomli charxpalak-attraksionining balandligi 145 metrni tashkil etadi. U o`zining ikki barobar balandligi bilan 2006 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Tokiodagi Big attraksionidan farq qiladi.

Charxpalak-attraksionning 36 ta kabinasi bo`lib, uning har biriga 10 nafar odam joylashishi mumkin. Har bir kabina Wi-Fi va teleekranlar bilan jihozlangan. Charxpalak 28 daqiqa davomida to`liq aylanadi. Charxpalak iyun oyining boshida ishga tushadi va ilk mijozlarni qabul qiladi.






Boshqa yangiliklar