AsosiyJamiyat

​Ichki ishlar idoralariga ishga joylash uchun 1000 dollar talab qilgan firibgar qo`lga olindi

'​Ichki ishlar idoralariga ishga joylash uchun 1000 dollar talab qilgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

2017 yilning 26 may kuni Yunusobod tumani hududida, Toshkent shashar IIBB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi «tezkor-qidiruv faoliyat to`g`risidagi qonun»ga asosan tadbir o`tkazilgan bo`lib, uning natijasida Utbasarov Alisher Ruzbaevich firibgarlik yo`li bilan fuqaro Baxritdinov Akbardan uni ichki ishlar idoralari safiga qabul qilinishida yordam berishi uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini qo`lga kiritgan vaqtda, daliliy ashyo bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Utbasarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Boshqa yangiliklar