“Barselona” klubi himoyachisi Xaver Maskerano “Alaves”ga qarshi (3:1) Ispaniya Kubogi final o`yinida jarohat oldi.
Uchrashuv boshida 32 yoshli argentinalik Markos Lorente bilan to`qnashuvdan so`ng maydonni tark etdi. O`yindan keyin argentinalik futbolchining o`ng tizzasi jarohatlangani ma`lum bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Maskeranoning tiklanishi uchun 6 hafta kerak bo`ladi. Shu tariqa, Maskerano Argentinaning Braziliya (9 iyun) va Singapur (13 iyun) bilan o`yinlarini o`tkazib yuboradi.






