AsosiySport

Messi “Oltin butsa”lar bo`yicha Ronalduga tenglashib oldi

'Messi “Oltin butsa”lar bo`yicha Ronalduga tenglashib oldi 'ning rasmi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi yakuniga etgan mavsum natijalariga ko`ra “Oltin butsa” sovriniga ega bo`ldi.

29 yoshli argentinalik forvard Ispaniya La Ligasida 37 ta gol urdi (74 ochko) va Bas Dost (“Sporting”, 34 gol – 68 ochko) hamda Per-Emerik Obameyang (“Borussiya D”, 31 gol – 62 ochko) kabi Portugaliya va Germaniya chempionati to`purarlarini ortda qoldirdi.

Avvalroq Lionel Messi 2009/10, 2011/12 va 2012/13 yilgi mavsumlarda Evropaning eng yaxshi to`purari bo`lib, “Oltin butsa”ga ega chiqqandi.

Taqqoslash uchun, “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu hisobida ham 4 ta “Oltin butsa” mukofoti bor.

Boshqa yangiliklar