O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun, 27 may kuni Olmaliq shahrida Rossiya U-21 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. OKMK stadionida o`tkazilgan gollarga boy kechgan o`yinda Ravshan Haydarov shogirdlari 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Rossiyaliklar safida Ivan Obliakov dubl qayd etgan bo`lsa, Rifat Jemaletdinov va Dmitriy Barinov bittadan gol urdi. O`zbekiston yoshlar termasi tarkibida Sardor Azimov, Bobur Abduxoliqov va Zabihillo O`rinboev bittadan golga mualliflik qildi.
Mazkur uchrashuv O`zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`tadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Olmaliq, OKMK stadioni
27 may, shanba
O`zbekiston U-21 – Rossiya U-21 —3:4
Gollar: Sardor Azimov (50), Bobur Abduxoliqov (52), Zabihillo O`rinboev (78) – Ivan Obliakov (7, 33), Rifat Jemalitdinov (penalti, 20), Dmitriy Barinov (61)
Ogohlantirishlar: Aleksandr Lixachyov (31), Ilya Jigulyov (42), Leo Goglichidze (77)
O`zbekiston U-21: Dilshod Hamroev (Shoxrux Eshbo`taev, 46), Oybek Rustamov, Ergash Ismoilov, Husniddin G`ofurov, Xurshid G`iyosov, Sardorbek Azimov, Islom Rashidxonov, Zabihillo O`rinboev, Javohir Qahramonov (Javohir Siddiqov, 35), Sharof Muhitdinov, Dostonbek Tursunov.
Zaxira: Shoxrux Eshbo`taev, Islom Qobilov, Aziz G`aniev, Javohir Sidiqov, Abdujamol Isroilov, Ravshan Xursanov, Doniyor Narzullaev, Bobir Abduxoliqov, Begzod G`anijonov.
Rossiya U-21: Igor Obuxov (Ilya Pomazun, 46), Evgeniy Nazarov, Aleksandr Lixachyov, Shamsiddin Shanbiev, Pavel Shakuro, Igor Bezdenejnix, Daniil Fomin, Rifat Jemaletdinov, Ilya Jigulyov, Ivan Obliakov, Georgiy Melkadze.
Zaxira: Ilya Pomazun, Igor Leshchuk, Dmitriy Barinov, 7.Ilzat Axmedov, Fyodor Chalov, Aleksey Gasilin, Aleks Masukatov, Igor Konovalov, Nikita Kalugin, Zelimxan Bakaev, Leo Goglichidze, Nikolay Rasskazov.






