Osiyo futbol konfedersiyasi (OFK) Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining 1/8 final uchrashuvlariga rasmiylarni tayinladi.
O`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya) va “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) o`rtasidagi uchrashuvni boshqaradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin assistentlik qiladi.
To`rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi. Uchrashuv komissasi sifatida malayzliyalik Muhammad Sayfuddin Abu Bakar ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ahmad Yoqub Muhammad Juma (BAA).
Ma`lumot uchun, “Jeju Yunayted” – “Urava Red Daymonds” uchrashuvi 24 may kuni Jeju shahrida bo`lib o`tadi.






