Fransiya chempionatining joriy mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida ushbu mavsumning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash marosimi bo`lib o`tdi.
“Monako” jamoasining iqtidorli futbolchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 2016/17 yilgi mavsumda eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etildi.
O`z mahorati tufayli shuhrat va grand klublar e`tiborini qaratgan yosh futbolchi “Monako” bilan EChL yarim finaliga qadar etib bordi. Avvalroq, PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiyada joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingani haqida xabar berilgandi.






