AsosiySport

Edinson Kavani Fransiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

'Edinson Kavani Fransiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi'ning rasmi

PSJ jamoasi hujumchisi Edinson Kavani 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

30 yoshli futbolchi mavsumning yakunlanishiga 1 tur qolganida ushbu mukofotni qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

Urugvaylik futbolchi Fransiya chempionatining 35 o`yinida 35 ta gol urib, hozircha to`purar bo`lib turibdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar