“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressida ishtirok etayotgan olimlar o`z taasurotlarini o`rtoqlashishda davom etmoqdalar.
Lale ULUCh, Bosfor universiteti, Istanbul, Turkiya
— Men ushbu ilmiy kongressga taklif etilganim uchun bu ilmiy kongressning barcha tashkilotchilariga o`z minnatdorligimni bildiraman. Mening tadqiqotlarim asosan Hazrat Alisher Navoiyning Istanbul kutubxonalari, To`pqopi saroyi muzeyi, Istanbul universiteti, Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan asarlari nusxalaridagi nafis bezaklarni o`rganishga yo`naltirilgan. Istanbul kutubxonalarida arab alifbosida yaratilgan kitobat san`atining juda ko`p bebaho durdonalari saqlanadi. Men o`z ma`ruzamni ushbu buyuk shoirning o`zbek xalqi madaniy merosiga qo`shgan bebaho hissasiga bag`ishlayman.






