AsosiyJamiyat

​Ermitaj direktori: Kongressning barcha qatnashchilariga omad tilayman

'​Ermitaj direktori: Kongressning barcha qatnashchilariga omad tilayman 'ning rasmi

“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressi o`z ishida davom etmoqda.

Tadbirda 40 dan ortiq mamlakatdan 140 dan ortiq chet ellik olimlar, ekspert, diplomat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek 50 dan ortiq yurtimiz ilm-fani vakillari hamda 50 dan ortiq O`zbekiston va xorijiy OAV vakillari ishtirok etib loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashishmoqda.

Mixail Piotrovskiy, Davlat Ermitaji bosh direktori (Sankt-Peterburg, Rossiya)

— «O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l» xalqaro kongressi dunyo muzeylari hamjamiyati uchun muhim voqea bo`ldi. Ermitaj dunyodagi eng yirik, nodir eksponatlarni o`zida jamlagan muzeylardan biridir. O`zbekiston hududidan keltirilgan, uning tarixidan hikoya qiluvchi noyob artefaktlar ham muzeyimizning katta boyligi sanaladi. Ularning muzeyimizga kelib qolish tarixi xalqlarimiz o`rtasidagi aloqalarning uzoq tarixga borib taqalishidan darak beradi. Biz ushbu albomlarning chop etilishini to`la qo`llab-quvvatlaymiz.

Kongressning barcha qatnashchilariga omad tilayman va uning O`zbekiston madaniy merosi umumbashariyat tarixining uzviy qismi sifatida yanada ko`proq shuhrat qozonishiga ishonaman.

Boshqa yangiliklar