Yurtimizda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash hamda targ`ib etish to`g`risida Butunjahon tashkilotini yaratish g`oyasi ilgari surildi.
Bu haqda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Xalqaro kongressi doirasida “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” media loyiha muallifi hamda rahbari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduholiqov ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, ijodiy guruhining fikricha loyiha, bunday tashkilot olimlar, tadqiqotchilar, kolleksioner, madaniy merosini qadrlaydiganlarga bizning merosni saqlash va targ`ib qilish imkonini beradi.
Ushbu tashkilot dunyo miqyosidagi xalqaro tadbirlar, ya`ni ko`rgazmalar, taqdimotlar, madaniy forumlarni amalga oshirishga ham yordam beradi.
Tashkilot tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga aloqalarni yo`lga qo`yishga keng imkon yaratadi, deydi F. Abduholiqov.






