AsosiySport

Aziz Haydarov BAAning “Ajman” klubi a`zosiga aylandi

'Aziz Haydarov BAAning “Ajman” klubi a`zosiga aylandi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov BAAning “Ajman” klubi a`zosiga aylandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

2011 yildan buyon BAAning “Ash-Shabab” klubi sharafini himoya qilib kelgan tajribali futbolchi mamlakatning boshqa klubi – “Ajman” bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

“Ash-Shabab” joriy mavsumni 14 jamoa orasida 8-o`rinni egalladi. “Ajman” klubi esa yakuniga etgan mavsum natijasiga ko`ra BAA Pro Ligasiga chiqdi.

Ma`lumot uchun, futbolchilik faoliyati davomida Aziz Haydarov Toshkentning “Lokomotiv” (2006–2007), “Bunyodkor” (2007–2011) va “Ash-Shabab” (2011–2017) klublarida to`p surgan. 2007 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi 71 o`yinda maydonga tushgan.

Boshqa yangiliklar