Ispaniya chempionati 37-turida “Real Madrid” o`z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o`yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, Madrid klubi safidagi gollari sonini 400 taga etkazdi.
Portugaliyalik futbolchi ushbu natijani qayd etishi uchun 391 o`yin kerak bo`ldi. Shuningdek, u jami 107 ta golli pas, 42 ta xet-trik qayd etgan. “Real” safida Ronaldu 13 ta sovringa ega chiqdi.

“Real”dagi faoliyati davomida 32 yoshli forvard 60 ta turli klubga gol urgan, eng ko`p golini aynan “Sevilya” darvozasiga kiritgan. Andalusiyaliklarga qarshi 17 o`yinda hujumchi 24 ta gol kiritgan.
Portugaliyalik futbolchining gollari quyidagi musobaqalarda urilgan:
La Liga: 282
Ispaniya Kubogi: 22
Ispaniya Superkubogi: 3
Chempionlar ligasi: 88
Klublar o`rtasidagi JCh: 4
UEFA Superkubogi: 2






