AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailand bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

'O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailand bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 6 iyun kuni Toshkent shahrida Tailand terma jamoasi bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.

Mazkur bellashuv O`zbekiston termasi uchun Eronga qarshi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

Avvalroq Eron termasi O`zbekistonga qarshi o`yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan 4 iyun sanasida o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi. Eron – O`zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o`tkaziladi. O`yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O`zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o`yindan keyin 1 ochko bilan so`nggi, 6-pog`onani band qilib turibdi.

Boshqa yangiliklar