AsosiyJamiyat

​O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

'​O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti  tashkil etiladi'ning rasmi

O`rmon xo`jaligi sohasiga ilmiy ishlanmalar, tavsiya va innovasion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tuzilmasida Manzarali bog`dorchilik va o`rmon xo`jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Yangi ilmiy-tadqiqot instituti yangidan yaratilgan manzarali o`simliklar navlari ko`chatlari va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni etishtirishni tashkil etish, qishloq xo`jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, yuqori qo`shilgan qiymatli xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, o`rmon xo`jaligi sohasi tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta`minlash ishlari bilan shug`ullanadi.

Boshqa yangiliklar