"Paxtakor" futbol klubi rahbariyatida o`zgarishlar ro`y berdi. Bugun "Paxtakor" futbol klubida rahbariyati tarkibida o`zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Klub Vise-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Shodiev Bobur Kabulovich klub Prezidenti etib tayinlandi. Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ahmatdjonov Umid Mahamatdjanovich klub vise-prezidenti lavozimini egalladi. "Paxtakor" klubi bosh direktori etib Adisman Dmitriy Aleksandrovich tayinlandi.
Bungacha klub Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov endilikda "Paxtakor" klubi faxriy Prezidenti xisoblanadi.






