AsosiySport

O`zbekiston U-20 terma jamoasi Vetnam va Xitoy yoshlari bilan nazorat o`yini o`tkazdi

'O`zbekiston U-20 terma jamoasi Vetnam va Xitoy yoshlari bilan nazorat o`yini o`tkazdi'ning rasmi

Shu yilning 16–26 may kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo`yicha tarixda ilk marta 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.

O`zbekiston U-20 terma jamoasi delegasiyasi 8 may kuni Tailandga uchib ketgan edi. Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlarim avvaliga 10 may sanasida Vetnam yoshlariga qarshi nazorat o`yini o`tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun esa U-20 terma jamoamiz Xitoy U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazdi va 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

Yoshlarimiz tarkibida gollarga Said Rizo Mirsharofov, Xusniddin Nishonov hamda darvozabon Sunnat Anvarovlar mualliflik qilishdi. O`zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Bruney U-20 termasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazadi.

Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar