AsosiySport

Ravshan Ermatovga muhim o`yin topshirildi

'Ravshan Ermatovga muhim o`yin topshirildi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 saralash bosqichi “B” guruhi 8-turidan o`rin olgan Avstraliya – Saudiya Arabistoni o`yinida bosh hakami etib tayinlandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ravshan Ermatovga qanotlarda odatdagidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini Aziz Asimov bajaradi. Uchrashuv komissari sifatida xitoylik Jeng Dong ishlaydi. Singapurlik Engva Jon Chia hakamlar ishiga baho beradi.

Avstraliya – Saudiya Arabistoni bellashuvi 8 iyun kuni Adelaida shahridagi Adelaide Oval stadionida bo`lib o`tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 14:30)da boshlanadi.

Ma`lumot uchun, Saudiya Arabistoni JCh–2018 saralashi “B” guruhi 7-turdan keyin 16 ochko bilan to`plar nisbati bo`yicha Yaponiyaga imkoniyatni boy bergan holda 2-o`rinda bormoqda. Avstraliya 13 ochko bilan 3-pog`onani egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar