O`zbekiston U-21 terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Rossiya U-21 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazishi haqida xabar berilgandi.
Mazkur o`yin dastlab Toshkentda o`tkazish rejalashtirilgandi, biroq o`rtoqlik uchrashuvini Olmaliq shahrida o`tkazishga qaror qilindi. Bellashuv OKMK sport majmuasida 18:00 da boshlanishi ko`zda tutilgan.
Tomonlar kelishuviga ko`ra, bo`lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo`lgan) futbolchilari ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, Rossiyaning 1996 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat U-16 termasi 2012 yili Evropa chempioni bo`lgan. O`sha yili O`zbekiston U-16 Osiyo chempionatida g`olib bo`lgandi.






