“102” xizmatiga bir kunda fuqarolardan jami nechta xabar kelib tushgani haqidagi ma`lumot Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan yangi saytga joylandi.
Unda yozilishicha, 2017 yilning 10 may kuni Toshkent shahar IIBB “102” xizmatiga fuqarolardan jami 625 ta xabar kelib tushgan bo`lib, ulardan 27 tasi jinoyat to`g`risidagi xabarlardir.
Shundan og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar turkumiga kiruvchi:
- Yashnobod tumanida 1 ta qotillik,
- Shayxontoxur tumanida 1 ta og`ir tan jaroxati etkazish,
- Yunusobod tumanida 1 ta bosqinchilik jinoyatlari sodir bo`lgan.
Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida:
- 3 ta foxishaxona saqlash jinoyatlari hamda
- 3 ta giyohvandlik bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar aniqlanib ushlandilar;
- 7 ta avval sodir etilib fosh etilmay qolgan jinoyatlar tezkor tadbirlar orqali fosh etildi;
- 5 ta qidiruvdagi shaxslar qo`lga olindi;
Joriy yilning 10 may kuni davomida IIBB “102” xizmatiga jami 5 nafar shaxslarning bedarak yo`qolganligi to`g`risida tezkor ma`lumot kelib tushgan bo`lib, qidiruv ishlari jarayonida ularning 3 nafari topildi, qolgan 2 nafar shaxslarni qidirish ishlari davom etmoqda.






