AsosiyDunyo

​Xitoyda ikkita qadimiy qabr topildi

'​Xitoyda ikkita qadimiy qabr topildi'ning rasmi

Xitoyning turli tumanlarida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida bir paytning o`zida eramizdan oldingi 1 ming yillikka tegishli ikkita qadimiy qabr topildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

9 may kuni Xitoyning Chunsin shahrida bolalar bog`chasi qurilishi paytida qadimiy qabrlardan biri topilgani haqida ma`lum qilindi. Arxeologlar qabr ichidan eramizdan oldingi 25-220 yillardagi, Sharqiy Xan davriga tegishli kulollik buyumlari, haykalchalar va sinib ketgan tangalarni topishdi.

11 may kuni Xebey viloyatidagi Szyuylu uezdidan yana bir eski qabr topilgani ma`lum bo`ldi. Uzunligi 2,5 metr, eni 2,3 metr, balandligi 2,5 metr bo`lgan qabr ichidan 8 ta buyum topildi. Mazkur qabr eramizdan ilgari 581-618 yillarda mavjud bo`lgan Suy sulolasiga tegishli ekanligi aniqlandi.

Boshqa yangiliklar