Evropa Ligasi turniri yarim final javob o`yinida “Lion” o`z maydonida “Ayaks” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Gollandiyada bo`lib o`tgan uchrashuvda “Ayaks” 4:1 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritgandi. Fransiyadagi o`yinda 3:1 hisobida “Lion” zafar quchdi.
Bu natija “Ayaks” foydasiga hal bo`ldi va gollandiyaliklar finalga “MYu”ga qarshi kurashadigan bo`ldi.
Lion – Ayaks 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 27 Dolberg, 1:1 – 45, penalti Lyakazett, 2:1 – 45 Lyakazett, 3:1 – 81 Gezzal.
Lion – Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Rbus, 74), Rafael, Diakabi, Valbuena (Gezzal, 77), Gonalon, Korne, Tolisso, Fekir, Lyakazett.
Ayaks – Onana, Sanches, Virgever, Veltman (Tete, 65), Klassen, de Ligt, Shene (van de Bek, 59), Ziesh, Yunes (Klyuyvert, 82), Traore, Dolberg.
Ogohlantirishlar: Morel (18), Tolisso (19), Diakabi (49), Veltman (49), Klassen (50), Nkulu (61), Fekir (61), Virgever (68).
Chetlatish: Virgever (84).
Dastlabki uchrashuv: 1:4






