AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Xitoyga jo`nab ketdi

'​Shavkat Mirziyoev Xitoyga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11 may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo`nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo`mitasi Raisi Chjan Deszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuv va muzokaralarda o`zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar, deya xabar beradi O`zA.

Tashrif dasturida davlatimiz rahbarining Xitoyning etakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo`lib, unda O`zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o`zaro foydali qo`shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo`shma bayonot qabul qilinishi, O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 14-15 may kunlari Pekin shahrida “Bir qutb, bir yo`l” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar