8-9 may kunlari Toshkent shahrida 8 haydovchi 10 nafar piyodani urib yubordi.
Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Jumladan, Yunusobod tumanida Damas haydovchisi 1969 va 1994 yillarda tug`ilgan ikki ayolni turtib yubordi. Shu tumanda Cobalt haydovchisi 1987 yilda tavallud topgan ikki piyodani urib ketdi.
Chilonzor tumanidagi Qozirobod ko`chasida ham Cobalt haydovchisi va ikki keksa piyoda ishtirokida shunday hodisa qayd etildi.
Shuningdek, Mirzo Ulug`bek, Olmazor, Chilonzor tumanlarida Matiz, Spark, «Kobalt» mashinalari haydovchilari piyodalarga jabr etkazgan.
Shayxontohur tumanida yo`lovchisi bo`lgan shirakayf haydovchi «Neksiya» mashinasi boshqaruvini yo`qotib, Mannon Uyg`ur ko`chasidagi elektr yoritish ustuniga urildi.
Barcha yo`l-transport hodisalarida qurbonlar qayd etilmadi. Biroq jabrlanganlar turli darajadagi jarohatlar oldi.






