O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron termasi O`zbekistonga qarshi o`yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi 4 iyun kuni bo`lib o`tadigan o`yinga 20 futbolchidan iborat tarkibni e`lon qildi. Quyida tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Rashid Mazaxeri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Traktorsozi”);
Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Persepolis”), Hussayn Kanaanizadegan (“Malavan”), Pejman Muntazeri (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milan Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Izzatuloh Purgaz (“Saipa”), Vohid Muhammadzoda (“Zob Ahan”), Said Agai (“Traktorsozi”);
Yarim himoyachilar: Mehdi Turobi (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Rostov”, Rossiya), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Ehson Hojisafi (“Sepaxon”), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Sapaxon”);
Hujumchilar: Sasan Ansari (“Fulad”), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).
Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o`tkaziladi. O`yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.
Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O`zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog`onada bormoqda.






