AsosiyJamiyat

Shohimardondan Farg`onaga yana avtobus qatnaydi

'Shohimardondan Farg`onaga yana avtobus qatnaydi'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimining tashabbusi bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Farg`ona viloyati bo`limining ko`magida viloyatimizning eng chekka hududi bo`lmish Farg`ona tumanining Shohimardon qishlog`ini Viloyat markazi Farg`ona shahri bilan bog`lovchi “Shohimardon-Farg`ona” avtobus yo`nalishi qayta yo`lga qo`yildi.

Ushbu yo`nalish Farg`ona shahrida faoliyat ko`rsatayotgan “Farg`ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu yo`nalishda 2 dona Isuzu SAZ NP 21 rusumli avtobuslar aholiga xizmat ko`rsatishni boshladi, deya xabar beradi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati.

2013 yil avgust oyidan beri avtobus qatnovi to`xtab qolgan ushbu yo`nalishni 2017 yil 25 aprel kunidan boshlab yo`lga qo`yilganidan Shohimardon xalqining xursandchiligi cheksiz, – deydi “Farg`ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ ishlatish bo`limi boshlig`i Valijon Sobirov.

Bugungi kunda korxona tomonidan aholining talab-extiyojiga qarab turib ushbu yo`nalishda ishlovchi avtobuslar sonini 4 donagacha etkazish rejalashtirilmoqda.

Avtobus yo`nalishini yo`lga qo`yilishi natijasida Shohimardan aholisini tuman, viloyat markazi va viloyatning boshqa hududlari bilan aloqani yaxshilash, talablarni o`quv maskanlariga, aholini davolanishi uchun shifoxonalarga kelib-ketishlariga va boshqa yumushlarni bajarishlariga qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Boshqa yangiliklar