AsosiySport

​O`zbekiston termasining eng katta g`alabasiga hissa qo`shgan futbolchi vafot etdi

'​O`zbekiston termasining eng katta g`alabasiga hissa qo`shgan futbolchi vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining 1994 yilgi Osiyo o`yinlarida g`olib chiqishida mehnat qilgan sobiq futbolchi Ulug`bek Ro`zimov vafot etdi.

Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

1968 yilning 15 avgustida dunyoga kelgan Ulug`bek Ro`zimov futbolchilik faoliyatini 1985 yil «Xorazm» klubida boshlagandi. U keyinchalik karerasining asosiy qismini Toshkentning «Paxtakor» jamoasi tarkibida o`tkazdi.

Ulug`bek Ro`zimov 1994 yil Yaponiyaning Xirosima shahrida bo`lib o`tgan XII Osiyo o`yinlarida g`olib chiqishga muvaffaq bo`lgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiylik qilgan O`zbekiston termasiga chaqirilgan Ro`zimov vafotiga qadar «Paxtakor» akademiyasida ishlab kelayotgandi.

Sobiq futbolchining o`limiga aynan nima sabab bo`lgani ma`lum qilinmagan.

Boshqa yangiliklar