Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “D” guruhi 6-turidan o`rin olgan Qatarning “Al-Rayyan” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o`rtasidagi o`yinga Ravshan Ermatov bosh hakam etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Sports.uz nashrining ma`lum qilishicha, mazkur o`yinda muxlislar 7 ta gol guvohiga aylandi. Yakuniy natija esa saudiyaliklar foydasiga hal bo`ldi – 4:3.

Ushbu g`alabadan keyin “Al-Hilol” guruhda birinchi o`rin bilan keyingi bosqichiga yo`l oldi. “Al-Rayyan” esa guruhda qolib ketdi.






