AsosiySport

OChL–2017. “Bunyodkor” safarda “Al-Ayn”ga mag`lub bo`ldi va musobaqani tark etdi

'OChL–2017. “Bunyodkor” safarda “Al-Ayn”ga mag`lub bo`ldi va musobaqani tark etdi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhining so`nggi, 6-turida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAAda “Al-Ayn” futbolchilari bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Nosir al-Shamroniy hisobni ochgan bo`lsa, 77-daqiqada Umar Abdulrahmon jarima zarbasidan gol urdi va hisobni oshirdi. O`yin yakunida Ibrohim Diaki hisobning yirik ko`rinish olishini ta`minladi – 3:0.

Shunday qilib amirlik futbolchilar g`alaba qozonish bilan birga OChL pley-off bosqichiga yo`l oldi. “Bunyodkor” esa bugungi o`yin natijasidan qat`i nazar pley-off yo`llanmasidan avvalroq mahrum bo`lgandi.

Parallel ravishda o`tkazilgan bahsda Jiddaning “Al-Ahli” klubi o`z maydonida “Zob Ahan” jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, “S” guruhida 2-o`rin bilan pley-off yo`llanmasiga ega bo`ldi.

OChL–2017. “S” guruhi
Al-Ayn, BAA
8 may, dushanba

“Al-Ayn” – “Bunyodkor” 2:0

Gollar: Nosir al-Shamroniy (34), Umar Abdulrahmon (77), Ibrohim Diaki (90)

Ogohlantirishlar: Muhammad Xalfan (66) – Mirjamol Qosimov (29), Rustam Ashurmatov (56), Davron Umirov (61)

“Al-Ayn”: Xolid Eysa, Kayo, Umar Abdulrahmon, Xolid Abdulrahmon, Muhannad Salim, Nosir al-Shamroniy (Ibrohim Diaki, 79), Li Myung Ju, Muhammad Xalfan (Ahmad Yusuf, 70), Salim Juma, Said Juma, Danilo Asprilla (Bandar Muhammad, 46)

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Mirabdullaev, Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan (Shahzod Nurmatov, 77), Doston Hamdamov, Nurillo To`xtasinov (Sardor Azimov, 90), Davron Umirov, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Alisher Sanoev, 63).

Boshqa yangiliklar