AsosiySport

OChL–2017. “Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi

'OChL–2017. “Al-Ayn” – “Bunyodkor” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “C” guruhi 6-turidan o`rin olgan “Al-Ayn” (BAA) – “Bunyodkor” (O`zbekiston) uchrashuviga rasmiylar tayinlandi.

Uchrashuv bosh hakami etib qatarlik Hamis Muhammad al-Marri tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ramzan Said al-Naemi va Muhammad Jabbor Darmon yordam beradi. To`rtinchi hakam – Feras Tavil (Suriya).

Hakamlar nazoratchisi vazifasi eronlik Inoyat Ma`sudga yuklatildi. Uchrashuv komissari bo`lib xitoylik Xuang Song ishlaydi.

Eslatib o`tamiz, “Al-Ayn” va “Bunyodkor” uchrashuvi erataga, 8 may kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 19:40 (Toshkent vaqti bilan 20:40)da boshlanadi.

Ma`lumot uchun, “S” guruhi 5-turidan keyin “Al-Ayn” 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Bunyodkor” 3 ochko bilan so`nggi – 4-o`rinni egallagan. Mazkur uchrashuv natijasidan qat`i nazar Toshkent klubi musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.

Boshqa yangiliklar