Ispaniya chempionati 36-turida “Barselona” jamoasi o`z maydonida “Vilyarreal” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda kataloniyaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida Lionel Messi dubl qayd etgan bo`lsa, Neymar va Luis Suares bittadan gol urdi.
“Vilyarreal” safida bitta golni Bakambu kiritdi.
Barselona – Vilyarreal – 4:1 (2:1)
Gollar: Neymar 21, Messi 45, Luis Suares 69, Messi 82 (pen) - Bakambu 32
Barselona: Ter Shtegen, Roberto (Maskerano 78), Pike, Umtiti, Din (Alba 75), Buskets, Rakitich (Gomesh 84), Inesta, Neymar, Messi, L. Suares.
Vilyarreal: Fernandes, Musachchio, Gonsales, Kosta, Gaspar, Rodrigo, Trigeros, Djonatan, Soriano (Kastilexo 72), Bakambu (Adrian Lopes 83), Soldado (Sansone 72).
Ogohlantirishlar: Roberto 16, Gonsales 19, Inesta 64, Soldado 72, Musachchio 77, Kosta 81






