AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev “Artel” zavodiga tashrif buyurdi

'​Shavkat Mirziyoev “Artel” zavodiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi uchrashuvida Toshkent shahrini kelgusi besh yilda yanada rivojlantirish bo`yicha o`z dasturini bayon qilib, poytaxtimizni rivojlangan megapolisga aylantirish bo`yicha aniq takliflar bildirgan edi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining qator tumanlariga borib, hududlarni rivojlantirish bo`yicha loyihalar bilan tanishdi. Mahallalarda bo`lib, xalq bilan muloqot qildi, deya xabar qiladi O`zA.

Shavkat Mirziyoev 6 may kuni Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, poytaxtimiz va butun mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar taqdimotlarida ishtirok etmoqda.

Navbatdagi manzil tumandagi “Artel” zavodi bo`ldi.

Bugungi kunda “Artel” brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, kondisioner, mikroto`lqinli pech, chang yutgich, qo`l telefoni kabi eng so`nggi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi o`rinlari bilan qiziqdi.

Elektrotexnika sanoatini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan e`tibor mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag`batlantirib, iqtisodiyotimizni dunyo sanoatining istiqbolli tarmoqlaridan birida munosib o`rin egallashiga xizmat qilmoqda. Hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi samarasida xalqimiz turmushi farovonlashib, daromadi ortib borayotir.

Shu erda “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko`rgazmasi namoyish etildi.

Prezidentimiz ko`rgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini ko`paytirish bo`yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Boshqa yangiliklar