O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O`zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish bo`yicha muzokaralar jadal tus oldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
2017 yilning 1-5 may kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo`shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko`ra Bayonot imzolandi va 2017 yil uchun dala tekshiruv ishlari rejasi kelishib olindi.
Muzokaralar do`stona va hamjihatlik muhitida o`tdi.






