Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. O`zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 62-pog`onani saqlab qoldi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.
Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O`zbekiston termasi hamon 12-o`rinda bormoqda. Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 2199 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1544) va BAA (1160) kuchli uchlikka kirdi.
OFKga a`zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog`onasi quyidagicha ko`rinish olgan:
1 (5). Eron – 2199 ochko
2 (8). Yaponiya – 1544 ochko
3 (11). BAA – 1150 ochko
4 (13). Ummon – 1108 ochko
5 (20). Livan – 751 ochko
6 (37). Tailand – 460 ochko
7 (40). Xitoy – 375 ochko
8 (43). Bahrayn – 329 ochko
9 (46). Vetnam – 296 ochko
10 (54). Afg`oniston – 243 ochko
11 (59). Qatar – 172 ochko
12 (62). O`zbekiston – 169 ochko
13 (71). Malayziya – 102 ochko
14 (76). Iroq – 96 ochko
15 (83). Laos – 76 ochko
Plyaj futbol bo`yicha jahon reytingini 3440 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, Braziliya (2995) termasi kuchli uchlikka yakun yasagan.
Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil may oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.






