AsosiySport

O`zbekiston U-15 termasi Toshkentda Belarus, Yaponiya va Polsha o`smirlariga qarshi bahs yuritadi

'O`zbekiston U-15 termasi Toshkentda Belarus, Yaponiya va Polsha o`smirlariga qarshi bahs yuritadi 'ning rasmi

Shu yilning 1–5 iyun kunlari Toshkent shahrida 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tadi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Belarus, Yaponiya va Polsha o`smirlariga qarshi bahs olib boradi. Barcha uchrashuvlar “JAR” stadionida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishish mumkin:

1 iyun

10:00 O`zbekiston U-15 — Yaponiya U-15
18:00 Belarus U-15 — Polsha U-15

3 iyun

10:00 Belarus U-15 — Yaponiya U-15
18:00 O`zbekiston U-15 — Polsha U-15

5 iyun

10:00 Polsha U-15 — Yaponiya U-15
18:00 O`zbekiston U-15 — Belarus U-15

Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-15 terma jamoasi shu yilning 17–23 aprel kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida o`tkazilgan Development Cup–2017 xalqaro turniri g`olibiga aylangandi.

    Boshqa yangiliklar