Gollivud aktyori Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashgandan keyin spirtli ichimliklar ichishni tashladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Bizning juda katta sharob zahiramiz bor. Sharob ichishni juda-juda yaxshi ko`rsam-da, nafas rostlashga qaror qildim, ichishni to`xtatdim”, — dedi Pitt.
Artist spirtli ichimlik o`rniga klyukva sharbati va gazli ichimliklar ichayotganligini, hayotining spirtli ichimlik ichish bilan o`tgan davriga qaytishni istamasligini ham aytib o`tdi. Juftlikning ajralishiga xususiy samolyotda parvoz qilayotganda Bredning mast holatda bolalardan birini urgani sabab bo`ldi. O`tgan yilning sentyabr oyida Joli ajrashish uchun sudga hujjat topshirdi. U buning sababini Bred Pittning otalik mas`uliyatini unutib qo`yganligida, deb tushuntirdi. Aktrisa bolalarni yolg`iz katta qilishni talab qilgan bo`lsa-da, Pitt bunga ko`nmadi.
Pitt va Jolining 6 farzandi bor, shulardan uch nafarini asrab olgan.






