Birmengemda yashovchi etti yoshli Anuning yangi protez oyoqda maktabga kelganini sinfdoshlari iliq kutib olgani aks etgan video barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga qattiq ta`sir qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Videoda Anuni sinfdoshlari o`rab olib, uning “yangi oyog`ini” tomosha qilganlari, o`g`il bolalardan biri “zo`r-u!” degani va birgalikda o`ynash uchun yugurib ketganlari aks etgan.
Anu tug`ilgandayoq oyog`i kesib olib tashlangan. U shu paytgacha boshqa protezda yurgan. Mazkur protezda yurish mumkin bo`lsa-da, yugurish, o`ynash va raqsga tushishning iloji bo`lmagan. Nashrning ma`lumot berishicha, Buyuk Britaniya sog`likni saqlash Milliy xizmati byudjeti joriy yilda bir yarim million funt ortiqcha mablag`ga ega bo`lib, Anuga o`xshagan nogiron bolalar zamonaviy protezlar bilan ta`minlandi.






