AsosiySUG'DIYONA

​Epropacha taom — o`zingiz bemalol pishira olasiz!

'​Epropacha taom — o`zingiz bemalol pishira olasiz!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 400 grammdan yangi kartoshka va mol go`shti, 2 bosh piyoz, bitta sabzi, 3-4 ta pomidor, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, lavr yaprog`i, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, yarim bog` kashnich va shivit, tuz, qora va qizil murch.

Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani po`stidan tozalab, tuzli suvga soling-da, qaynating.

2. Go`shtni kichikroq qilib, piyozni yarim halqa, sabzini somoncha shaklida, sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang.

3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida go`shtni qizartirib qovuring. Tuz, ziravorlardan sepishni unutmang.

4. Sarimsoqpiyoz va piyozni qo`shgach, 5 daqiqa qovuring-da, 2 stakan suv quying. Qaynab chiqqach, olovni pastlab, 20 daqiqa qopqog`ini yopib qaynating. Keyin sabzini solasiz. Va 20 daqiqa dimlaysiz. Tuz va murchdan sepib, lavr yaprog`ini oxirgi daqiqalarda solishni unutmnag.

5. Pomidorni maydalab to`g`rab, taomga qo`shamiz-da, yana 5-7 daqiqa dimlaymiz.

6. Taom pishgach kartoshkani katta bo`laklarga bo`lib, go`shtli qayla bilan dasturxonga torting.

3 kishilik

1 soatu 30 daqiqa

Boshqa yangiliklar