Bugun Toshkentda soat chamasi 10:10 da yana zilzila sodir bo`ldi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, zilzila kuchi 3,5-4 ballni tashkil qildi.
Evropa-O`rtaer dengizi seysmologik markazidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, epimarkaz Tojikiston hududida joylashgan.
Bugun sodir bo`lgan zilzila 3 may kuni sodir bo`lgan zilzila kabi davomli bo`ldi.






