AsosiyJamiyat

​Urgutda valyutafurushlar qo`lga olindi

'​Urgutda valyutafurushlar qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanayotgan shaxslar aniqlanib, qo`lga olindi.

Guruh a`zolari bo`lgan 1957 yilda tug`ulgan Q.R, 1984 yilda tug`ulgan O`.R va 1988 yilda tug`ulgan F.R lar o`z jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining “Yangi kiyim kechak” bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning “Kamangaron” qishlog`ida noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun qilgan harakatlari so`ngisi bo`lib qoladigan bo`ldi. Chunki Samarqand tumanida yashovchi 1984 yilda tug`ulgan S.T ga “Lasetti” rusumli davlat belgisi bo`lmagan avtomashina salonida 16500 AQSh dollarini 130.350.000 so`mga noqonuniy ayirboshlab berishayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida qo`lga olindi.

IIV matubot xizmati bergan ma`lumotlarga ko`ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar