Shu yilning 16–26 may kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo`yicha tarixda ilk marta 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.
30 mart kuni bo`lib o`tgan qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi va unda Qatar, Livan, Myanma va Gong Kong davlatidagi tengdoshlari bilan kuch sinashadi.
O`zbekiston U-20 futzal termasi bosh murabbiyi Osiyo chempionatiga 14 futzalchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.
Darvozabonlar: Mirislom Miraliev, Sunnat Anvarov;
O`yinchilar: Shoxjahon Shonazarov, Botir Rizaev, Asli Muhammadiev, Olim Vohidov, Mehroj Xudoyberdiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Ravshan Ismatullaev, Tohir Doniyorbekov, Xushnur Erkinov, Akbar Usmonov, Said Rizo Mirsharofov.
Musobaqa reglamentiga ko`ra, har bir guruhda 1–2 o`rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo`l oladi. Chorak finalda g`alaba qozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo`l oladi. Shuningdek, uchinchi o`rin uchun ham uchrashuv o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahridagi Bangkok Arena va Huamark Indoor Stadium sport majmualarida o`tkaziladi.






