O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Xitoy termasi Suriyaga qarshi 8-tur o`yini oldidan Filippin terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.
Ushbu o`yin 7 iyun kuni Guanjou shahrida bo`lib o`tadi. Xitoyliklar 6 kundan keyin, ya`ni, 13 iyun sanasida safarda Suriya bilan kuch sinashadi.
Oldinroq O`zbekiston termasining guruhdagi boshqa raqibi – Eron terma jamoasi 4 iyun kuni Chernogoriya bilan o`rtoqlik bellashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O`zbekiston 12 ochko bilan hozircha 3-pog`onada bormoqda. 4–6 o`rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.





