Afg`onistonda amerikalik harbiy fotosuratchi Xilda Kleyton so`nggi lahzalarda uning o`limiga sabab bo`lgan snaryad portlashini suratga olgan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Xilda Kleyton va uch nafar afg`on askari Karagxaxi shahrida bo`lib o`tayotgan harbiy o`quv mashg`ulotini suratga olayotganda tasodifiy portlash tufayli halok bo`lgan. Voqea 2013 yilda bo`lib o`tganiga qaramay, Kleytonlar oilasi mazkur fotosuratni chop etish uchun AQSh armiyasiga endi ruxsat berdi.






