FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo`lib o`tadigan beshinchi mavsumi start olganini e`lon qilgani haqida xabar berilgandi.
2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya`ni, ikki barobar ko`paydi. O`zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston sharafini “Yashil do`stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.
Musobaqa qoidalariga ko`ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo`lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo`lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo`lishi kerak. Shu maqsadda, O`zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o`tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g`olib bo`ldi.
Ertaga, 4 may kuni “Futbol do`stlik uchun” tashkiliy qo`mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyuradi. 5 may kuni esa “Bunyodkor” stadionining anjumatlar zalida matbuot anjumani bo`lib o`tadi. Unda loyiha vakillari, O`FF texnik direktori Shavkat Imomov va bo`lajak loyihada ishtirok etadigan Ilyos Ahmedov qatnashadi.
5 may kuni soat 10:30 da boshlanadigan matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi.






