AsosiyDunyo

​Keksa yaponiyalik ayol avtomashinada kasalxona eshigiga urildi

'​Keksa yaponiyalik ayol avtomashinada kasalxona eshigiga urildi'ning rasmi

Yaponiyalik 70 yoshli keksa ayol avtomashinada gospitalning oynali eshigini buzib, engil avtomashinasi bilan to`g`ri qabulxonaga kirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Hodisa Yaponiyaning Oita prefekturasida sodir bo`ldi. Voqea oqibatida 13 kishi jarohatlandi. Kampir gospital qabulxonasida bo`lgan bemorlar va shifokorlarni bosib ketgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ayol tormoz bilan gazni adashtirib qo`ygan. Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar